Madridning “Real” klubi bosh murabbiyi Karlo Anchelotti “Valensiya” bilan bo'lib o'tadigan uchrashuv arafasida “ko'rshapalaklar” muxlislari “qaymoqranglilar” vingeri Vinisius Juniorni qanday haqorat qilganini esladi.
La Liganing o'tgan mavsum 35-turidan o'rin olgan uchrashuvida (1:0) xuddi shunday voqea sodir bo'lgandi.
“Ertaga biz futbol o'ynaymiz. O'tgan yilgi voqealarni unutmaymiz, chunki biz irqchilik harakatlarini qoralashga majburmiz.
"Valensiya" irqchilarni aniqlashda yaxshi ish qildi va irqchilik jinoyatdir", - deya Anchelottining so'zlarini keltiradi Sport.es.