Madridning "Real" klubi bosh murabbiyi Karlo Anchelotti yosh yarim himoyachi Arda Gyulerning istiqbollari haqida gapirdi.
Joriy mavsumda 19 yoshli Gyuler "Real"ning beshta uchrashuvida ishtirok etdi. Yozgi transferdan keyin futbolchi bir necha bor kasalxonaga yotqizilgan.
"Arda Gyuler? Biz u bilan biroz sabr qilishimiz kerak. Men unga ishonaman va muxlislar uning iqtidorini ko'rishlarini istayman. Ammo uning vaqti keladi", - dedi Anchelotti juma kuni bo'lib o'tgan matbuot anjumanida.
"Real Madrid" Ispaniya chempionati turnir jadvalida peshqadamlik qilmoqda. Karlo Anchelotti shogirdlari navbatdagi o'yinni 2 mart, shanba kuni raqib maydonida "Valensiya"ga qarshi o'tkazadi.