Madridning “Real” klubi himoyachi Ashraf Hakimiyni transfer qilish imkoniyatini o'rganmoqda.
Madrid Extra nashrining xabar berishicha, madridliklar marokashlik futbolchi bilan agar u "PSJ" bilan shartnomasini uzaytirmasa, 2025 yoki 2026 yillarda shartnoma imzolashi mumkin.
Aytish joizki, Hakimiy “Real Madrid” akademiyasi tarbiyalanuvchisi hisoblanadi. Biroq futbolchi asosiy tarkibda haqiqatan ham o'ynay olmadi.
Keyinchalik Ashraf yuqori pog'onaga ko'tarildi va endi uning narxi 65 million evroga baholanmoqda.