Madridning “Real” klubi himoyachisi va sardori Nacho Fernandesning jamoa bosh murabbiyi Karlo Anchelotti bilan munosabatlari yaxshi emas.
Bu haqda The Athletic nashri xabar bermoqda. Manbaga ko'ra, futbolchi ikkinchi bo'limda "Sevilya" bilan so'nggi o'yinda uni almashtirgan murabbiyning qaroridan hafsalasi pir bo'lgan.
Qayd etilishicha, Nacho Anchelottidan to'liq ishonchni his qilmayapti.
Eslatib o'tamiz, La Liganing 26-turidan o'rin olgan “Real” – “Sevilya” uchrashuvi “Los-Blankos”ning 1:0 hisobidagi g'alabasi bilan yakunlangan edi.