Madridning “Real” klubi yarim himoyachisi Braim Dias tez orada Marokash terma jamoasida debyut qilishi mumkin.
24 yoshli futbolchi Ispaniya terma jamoasi safida o'rtoqlik uchrashuvida bor-yo'g'i bir marta maydonga tushgan, shu bois u sport fuqaroligini o'zgartirishi mumkin.
Jurnalist Taha Imanining xabar berishicha, Dias Marokash terma jamoasi foydasiga yakuniy tanlov qilishga yaqin turibdi.
"Los-Blankos" yarim himoyachisi mart oyidagi yig'inda Marokashga taklif qilinishi mumkin. Bir necha hafta oldin Ispaniya terma jamoasi bosh murabbiyi Luis de la Fuente Diasni "qizil furiyalar"ning mart oyidagi o'yinlariga chaqirishni rejalashtirayotgani xabar qilingandi.