"Atletiko Madrid" markaziy himoyachisi Mario Ermoso hamon "Barselona"ning radarida bo'lib turibdi.
Jurnalist Ferran Martines bergan ma'lumotlarga ko'ra, "ko'k-anorranglilar" tajribali ispaniyalikni erkin agent sifatida qo'lga kiritishga qarshi emas.
Ermosoning “Atletiko” bilan shartnomasi yozda tugaydi. "Matraschilar" hali futbolchi bilan yangi shartnoma imzolashdan yiroq.
Mario allaqachon faoliyatini davom ettirish uchun boshqa variantlarni, jumladan, "Barselona"ni ham ko'rib chiqmoqda.