"Real Madrid" yarim himoyachisi Arda Gyuler barqaror o'yin amaliyoti yo'qligidan hafsalasi pir bo'ldi.
Yaqinda 19 yoshini nishonlagan futbolchi jarohati sabab mavsumning birinchi yarmini to'liq o'tkazib yubordi. Yanvar oyida hujumkor yarim himoyachi maydonga qaytdi, biroq hali hamon u Karlo Anchelottini ishontira olmadi - murabbiy turkiyalik iqtidorni barcha turnirlarda atigi 92 daqiqa maydonda o'ynatdi. Mundo Deportivo xabariga ko'ra, Gyuler "Real"dan juda g'azablangan - u maydonda ko'proq vaqt o'tkazmoqchi.
Arda Gyuler o'tgan yozda "Real" tomonidan Turkiyaning "Fenerbaxche" klubidan sotib olingandi. O'sib borayotgan yulduzning Madrid giganti bilan shartnomasi 2029 yilning o'rtalariga qadar tuzilgan.