Assalomu alaykum, Mehmon!
Kirish Ro'yxatdan o'tish
" FUTBOL TV " yangiliklar !!
Cristiano Ronaldo Barcelonga o'tmoqchi....
Futbol Tv jonli efir !!!

La Liga chempionligi uchun kurashda jamoalarning imkoniyati baholandi

Ispaniya chempionatining 26-turining so'nggi uchrashuvida "Jirona" o'z maydonida "Rayo Valekano"ni yirik hisobda mag'lub etdi va turnir jadvalida "Real"ni quvishda davom etmoqda.

.
- Yuklab olish

Ispaniya chempionatining 26-turining so'nggi uchrashuvida "Jirona" o'z maydonida "Rayo Valekano"ni yirik hisobda mag'lub etdi va turnir jadvalida "Real"ni quvishda davom etmoqda. Opta portali chempionat g'olibligi uchun kurashda jamoalar imkoniyatini baholadi.

"Atletiko"

Analitik portal "matraschilar"ning chempionlik uchun imkoniyatini 0,1 foizga baholagan. Diego Simeone shogirdlarining 4-o'rinni egallashi esa 45,3 foiz deb taxmin qilingan.

"Barselona"

Xavi iste'fosidan so'ng nisbatan yaxshi o'yin ko'rsatayotgan kataloniyaliklarning chempionlik uchun imkoniyati hamon juda past. Ular hozirda peshqadam "Real"dan 8 ochko ortda qolmoqda. Analitiklar "ko'k-anorranglilar"ning g'olib bo'lishini 1,1 % baholagan. Ikkinchi bo'lish ehtimoli 35,5 % bo'lsa, uchinchi bo'lish 39,9 foiz ko'rsatilgan. Taxminlarda ularning ikkinchi bo'lishi esa 49,9 % etib ko'rsatilgan.

"Jirona"

Michel boshchiligida bu mavsum sensatsion tarzda yaxshi o'yin ko'rsatayotgan "oq-qizillar"ning chempionlik uchun imkoniyati boshqa hamshahriniki kabi juda past - 1,1 %.

"Real Madrid"

"Qirollik klubi" - chempionlik uchun kurashda yaqqol favorit. Ularning g'oliblik uchun imkoniyati 97,7 foiz bo'lsa, ikkinchi bo'lish ehtimoli deyarli yo'q - 2,1 %. Karlo Anchelotti shogirdlari bu mavsumda ko'rsatayotgan o'yin ekspertlarda katta taassurot qoldirgan ko'rinadi. Vinisius, Bellingem, Rodrigo kabi yulduzlar bilan rostdan ham ularning chempionlikni berib qo'yish imkoniyati nisbatan ancha past.

Siz nima deb o'ylaysiz, La Liga joriy mavsumida qaysi jamoa g'olib bo'ladi?

BestMaster
28 Fevral 2024, 23:00
liga, chempionligi, uchun, kurashda, jamoalarning, imkoniyati, baholandi,
Ulashish
Yangilik yoqdimi? Do'stlaringiz bilan ulashing:
Fikr bildirish
Hali hech kim izoh qoldirmagan. Birinchi bo`lib izoh qoldiring :)!!
Fikr qoldirish uchun Ro`yxatdan o`tish lozim!!!
Online
© UzFIFA Group© RealFC.NET - 2017
iks
ads