"Real"ning sobiq bosh murabbiyi Joze Mourino faoliyatida faqat birgina mag'lubiyatdan keyin yig'lagan.
Bu 2012-yilda, “Los Blankos” Chempionlar Ligasi yarim finalida “Bavariya”ga penaltilar seriyasida mag'lub bo'lganida sodir bo'lgandi.
"Bavariya"dan uchralgan mag'lubiyatdan so'ng mashinaga o'tirdim va uyga qaytdim, lekin yo'lda yig'ladim. Faoliyatim davomida mag'lubiyatdan keyin yig'lagan yagona holatim shu edi", – dedi Mourino.