Myunxenning “Bavariya” klubi joriy mavsum yakunida kanadalik himoyachi Alfonso Devis bilan xayrlashishga tayyor. Bu haqda Todofichajes xabar bermoqda.
Manbaning xabariga ko'ra, nemis top-klubi rahbariyati 23 yoshli futbolchi uchun narx belgilagan. "Bavariya" Devisni sotishdan kamida 60 million evro ishlab olmoqchi.
"Real Madrid" lateral uchun asosiy da'vogar sifatida ko'rilmoqda. Bundesliganing joriy mavsumida Alfonso 18 ta o'yinda maydonga tushib, bitta gol va 3 ta golli uzatmaga mualliflik qilgan.