"Real" yarim himoyachisi Luka Modrich mavsum yakunlanganidan keyin jamoani tark etish ehtimoli yuqori.
"Los-Blankos" rahbariyati 38 yoshli futbolchi bilan shartnoma uzaytirilishiga shubha qilmoqda, shu kungacha klub bu borada hech qanday qadam tashlamagan. "The Athletic" xabariga ko'ra, Modrichning o'zi ham unchalik ijobiy emas - taklif tushgan taqdirda ham u "Real"dan bosh tortishi mumkin. Biroq, manba ta'kidlaganidek, xorvatiyalikning oilasi o'zi kabi Madridda juda qulay va bu omil rol o'ynashi mumkin.
Yarim himoyachi faoliyatini boshlagan Zagrebning “Dinamo” klubi Luka Modrichga qiziqish bildirayotgani haqida avvalroq xabarlar tarqalgan.