"Bavariya" Alfonso Devisning maosh talabini qondirishga tayyor emas.
Jurnalist Kristian Falkning xabariga ko'ra, kanadalik himoyachi "Bavariya"dan yangi shartnomaga ko'ra yiliga 20 million evro so'ramoqda. Myunxen klubi Devisga bu miqdorni to'lashga tayyor emas.
Devisning "Bavariya" bilan amaldagi shartnomasi 2025 yilning yozida yakuniga etadi. Avvalroq kanadalik futbolchi "Real" bilan bu yoki keyingi yil transferi borasida og'zaki kelishib olgani haqida xabar berilgandi.