«Barselona» Ispaniya chempionatining keyingi turlarida joriy mavsumda peshqadamlik qilayotgan «Real» bilan oradagi farqni qisqartirishni ko'zlamoqda.
«Ko'k-anorranglilar» navbatdagi turlarda "Qirollik klubi"ning kamida 2 ochko yo'qotishini kutishmoqda. Shunda farq 6 ochko etadi. Ayni paytda esa farq 8 ochkoga teng.
Agar farq qisqarsa, chempionlik uchun imkoniyat yuzaga kelishini "Barsa" futbolchilari tushunib turishibdi. Chunki, «Barselona» va «Real» jamoalari La liganing 32-turida o'zaro to'qnash kelishadi. Ungacha jamoalarni quyidagi raqiblar bilan o'yinlari kutib turibdi:
"Barselona"ning keyingi turlardagi raqiblari: «Atletik Bilbao», «Malorka», «Atletiko Madrid», «Las-Palmas» va «Kadis»
"Real"ning keyingi turlardagi raqiblari: «Valensiya», «Selta», «Osasuna», «Atletik Bilbao» va «Malorka».