La Liga amerikalik xonanda Teylor Sviftning Madriddagi kontserti tufayli Ispaniya chempionatining 38-turidan o'rin olgan “Real Madrid” – “Betis” o'yini qoldirilishini ma'qulladi. Buni avvalroq jamoa rahbariyati so'ragan.
Kontsert 29 va 30 may kunlari "Santyago Bernabeu" stadionida bo'lib o'tishi rejalashtirilgan. Relevo xabariga ko'ra, 26 may kuni bo'lib o'tishi kerak bo'lgan "Real Madrid" uchrashuvi 25 kuni bo'lib o'tadi.
Avvalroq Sviftning Madriddagi kontsertiga chipta sotib olish uchun 450 mingdan ortiq ariza kelib tushgani xabar qilingan edi.