"Bavariya" bosh direktori Yan-Kristian Drizen jamoa himoyachisi Alfonso Devisning ketishi mumkinligi haqida gapirdi. Avvalroq, 23 yoshli futbolchi "Real"ga o'tishga rozi bo'lgani haqida ma'lumotlar paydo bo'lgandi.
"Biz uning agenti bilan muzokara olib bormoqdamiz. Biz bitta o'yinchini tekinga yo'qotmoqchi emasmiz", - deya Drizen so'zlarini keltiradi Madrid Zone.
Avvalroq, yangi shartnomaga ko'ra, Devis "Bavariya"da yiliga 20 million evro ishlab olmoqchi ekani xabar qilingandi.