Madridning "Real" klubi bosh murabbiyi Karlo Anchelotti "Sevilya" bilan chempionat o'yinida (1:0) Arda Gyulerni zaxiradan maydonga tushirishga tayyorlanayotgan edi, biroq Modrichning goli voqealarni o'zgartirib yubordi va turkiyalik iqtidor yana zaxiraga qaytdi.
The Athletic jurnalisti Maria Kortexananing qayd etishicha, Anchelotti ushbu vaziyat bo'yicha Gyulerdan uzr so'ragan. Turkiyalik futbolchi vaziyatni tushunganini aytgan.
Eslatib o'tamiz, Arda o'tgan yozda 20 million evaziga "Fenerbaxche"dan sotib olingandi. U joriy mavsumda 5 ta o'yinda 92 daqiqani maydonda o'tkazdi.