Xaver Estrada Fernandes "Sevilya" "Real" bilan o'yinni qayta o'ynashi mumkinligini aytdi.
Kecha La Liganing 26-turidan o'rin olgan va madridliklarning 1:0 hisobidagi g'alabasi bilan yakunlangan uchrashuvda ikkinchi bo'limda olgan jarohati sabab bosh hakam almashtirildi. Isidro Dias de Merining o'rniga zaxira hakami Karlos Fernandes Buergo maydonga tushdi.
La Liganing sobiq hakami o'z postida zaxira hakamida VAR o'yinlarini boshqarish uchun litsenziya yo'qligini aytdi.
"Endi yana bir munozara tug'iladi. VAR sertifikatiga ega bo'lmagan hakam ishini yaxshi bajargan va federatsiya ruxsat bergan bo'lsa-da, "Sevilya" o'yinni qayta o'tkazishni talab qila oladimi? - deb yozgan Estrada Fernandes.