Lukas Vaskesning fikricha, VAR joriy etilgandan keyin futboldagi farqlar yanada kuchaygan.
Kecha "Real Madrid" La Liganing 26-turida "Sevilya"ni 1:0 hisobida mag'lub etdi. VAR aralashib, Nacho Fernandesning Yussef En-Nesiriga nisbatan qo'pol o'yinini qayd etganidan so'ng, hakamlar Vaskesning golini bekor qilishdi.
"Biz VAR paydo bo'lishi bilan nizolar tugaydi deb o'ylagandik, ammo kelishmovchiliklar yanada ko'payib ketdi.
Ispaniya futbolida hakamlar yuqori saviyali, ammo VAR bilan hamma narsa juda iflos ko'rinadi", - dedi "Real" yarim himoyachisi.