Yakshanba oqshomida «Real Madrid» «Sevilya»ni 1:0 hisobida mag'lub etdi. Karlo Anchelotti shogirdlari o'yin so'nggida g'alaba to'pini kiritishdi - tajribali yarim himoyachi Luka Modrich gol urdi.
Birinchi bo'lim davomida hakam hujumda qoida buzilishini aniqlab, Lukas Vaskesning golini hisobga olmadi. "Real Madrid" klubi televideniesi hakamning bu qaroridan norozi bo'ldi.
«Bu ajoyib. Qanday sharmandalik! «Sevilya»ga qarshi o'yinda shunday hakamlik ko'rdik. Hech qanday qoidabuzarlik yo'q edi va buni butun jamoatchilik ko'rdi», - deyiladi klub efirida.
Aytish joizki, «Real» klub telekanali orqali muntazam ravishda hakamlikdan shikoyat qiladi.
«Real Madrid» navbatdagi o'yinini 2 mart kuni «Valensiya»ga qarshi o'tkazadi.