«Real» klubi Ispaniya chempionati 5-turida, o'z maydonida "Betis"ga 0:1 hisobida yutqazdi.
Natijada, jamoa qatorasiga uchta uy o'yinida g'alaba qozonmay, so'nggi 22 yildagi eng yomon ko'rsatkichni qayd etdi.
Madridliklar so'nggi 48 yil ichida uchinchi marta bunday salbiy natijaga erishmoqda.
Avvalroq, bu hodisa 1969/70 va 1995/96 mavsumlarda yuz bergandi. Har ikkala holatda jamoa chempionatni 6-o'rinda yakunladi.