Madridning "Real" klubi La Liga rahbariyatidan Ispaniya chempionatining so'nggi turida "Betis"ga qarshi o'yinni kechiktirishni so'radi.
Bu qaror "Santyago Bernabeu"da Teylor Sviftning kontsertini o'tkazish maqsadida qabul qilingan. Madrid klubiga chiptalar uchun 450 mingta so'rov kelib tushgan. Svift may oyi oxirida Madridda kontsert berish niyatida.
Ispaniya chempionatining 38-turidan o'rin olgan “Real” – “Betis” uchrashuvi 26 may kuni bo'lib o'tadi.