"Real" himoyachisi Nacho Fernandes Ispaniya chempionatining 26-tur uchrashuvidan so'ng "Sevilya" himoyachisi Serxio Ramos haqida gapirdi.
"Serxio Ramos ko'p yillar davomida mening kumirim bo'lib kelgan, unga qarshi o'ynash men uchun sharaf va zavq edi, lekin men har doim uning jamoamda bo'lishini afzal ko'rganman", - deya Nachoning so'zlarini keltiradi Madrid Universal.
Serxio Ramos "Sevilya" tarbiyalanuvchisi bo'lib, u erdan 2005 yilning yozida "Real"ga o'tgan edi. Ispaniyalik futbolchi 2021 yilning yozida “Los-Blankos”ni tark etib, Frantsiyaning “PSJ” klubiga o'tdi.