«Real» Ispaniya chepionatining 26-turi doirasida bo'lib o'tgan "Sevilya"ga qarshi o'yinning 81-daqiqasida urilgan gol tufayli g'alabani qo'lga kiritdi.
"Qirollik klubi" La liganing joriy mavsumida so'nggi 15 daqiqa ichida urilgan gollar evaziga qo'lga kiritilgan ochkolar hisoblab chiqilsa, 17 ochkoni tashkil etdi.
Anchelotti jamoasi ushbu ko'rsatkich bo'yicha «Barselona»dan ortda qolmoqda. Kataloniyaliklar o'yin so'nggida qo'lga kiritilgan ochkolar 24 taga teng.