«Bavariya» klubi va Germaniya terma jamoasi sobiq futbolchisi Ditmar Xamann «Real» yarim himoyachisi Toni Kroosning milliy jamoaga qaytishini tanqid ostiga oldi.
«Toni Kroos ajoyib futbolchi ekanini ta'kidlashimiz shart emas. U germaniyaliklar orasida eng ko'p sovrin yutgan futbolchi bo'lishi ham mumkin. Ehtimol, u Germaniya futboli tarixidagi eng yaxshi o'yinchidir. Kroos birinchi raqamli o'yin namoyish etadigan jamoada muhim futbolchi. Uning yonida Kamavinga, Valverde va ba'zida Tchuameni bor. Ular jahondagi eng yaxshi yarim himoyachilar. Ammo biz Turkiya va Avstriyaga qarshi uchrashuvlarda o'yin nazoratini o'z tomoniga og'dira olmayapmiz.
Gross (32 yosh), Gyundogan (33 yosh) va Kroos (34 yosh) birgalikda 100 yosh. Nima deb o'ylaysiz, boshqa jamoalar biz bilan qanday o'ynashadi? Ular bizni tezlikda ortda qoldirishadi. Futbol yosh insonlar sport turiga aylandi. Vaqti vaqti bilan yoshi katta o'yinchilar ham o'zlarini ko'rsatishmoqda. Tarkibida 3 nafar yoshi 30 dan oshgan yarim himoyachilar bilan Evropa chempionati yoki jahon chempionatiga borib bo'lmaydi», — dedi Xamann.
Eslatib o'tamiz, Toni Kroos 22 fevral kuni Germaniya terma jamoasiga qaytishini e'lon qildi.