«Real» yarim himoyachisi Luka Modrich Ispaniya chempionatining 26-turi doirasida bo'lib o'tgan «Sevilya»ga qarshi o'yin (1:0) borasida o'z fikrini bildirib o'tdi.
«Har doimgidek, biz hech qachon oxirigacha taslim bo'lmaymiz. Biz «Real» DNKsini bir necha marta namoyish etganmiz. Ammo biz o'yin taqdirini ertaroq hal qilib qo'yishni istagandik. Ammo ba'zida mana shunday tarzda g'alaba qozonish ham yoqimli», — dedi Modrich.
Eslatib o'tamiz, 38 yoshli futbolchi 81-daqiqada "Sevilya" darvozasiga g'alaba to'pini kiritdi.