Yarim himoyachi Luka Modrichning kelajagi noma'lumligicha qolmoqda. Tajribali futbolchi joriy mavsum oxirida shartnomasini yangilamasligi va “Real”ni tark etishi mumkin.
24 CATA xabariga ko'ra, Zagrebning "Dinamo" klubi Modrichni sotib olishni rejalashtirmoqda. Evropa standartlari bo'yicha nisbatan kamtarona bo'lgan Xorvatiya klubi futbolchiga umid qilmoqda.
Shu bilan birga, MLS va Saudiya Arabistoni klublari Modrichni yanada qulayroq moliyaviy takliflar bilan o'ziga jalb qila olishi qayd etilgan.