"Real"ning sobiq hujumchisi Ivan Samorano 1992 yilda "Sevilya"dan "qirollik klubi"ga o'tishi qanday amalga oshirilgani haqida gapirdi.
“1991/1992 yilgi mavsumdan so'ng singlimning to'yi uchun Chiliga ta'tilga bordim. Dadam biz bolaligimizda olamdan o'tdi va men uning hayotidagi eng muhim daqiqada u bilan birga yurishga majbur bo'ldim. Marosim boshlanishi bilan statsionar telefon jiringladi — hali uyali telefonlar yo'q edi.
Kuyovimning onasi menga Ispaniyadan zudlik bilan qo'ng'iroq qilishganini aytdi. Menga gapirishga ruxsat berildi. Mening vakilim Alberto Toldra aloqada edi. U menga: “Tabriklayman! Siz "Real Madrid" uchun yangi futbolchisiz. Kechqurun Ispaniyaga shartnoma imzolash uchun borishingizni istayman.
Men asabiylashdim va nima deb javob berishni bilmasdim. Xonadagilarning hammasi menga tikilib qolishdi. Shunda xayolimga: "Alberto, men sizga keyinroq qo'ng'iroq qilaman" degan fikr keldi. U eshitganiga ishonmadi va menga dedi: “Sen ahmoqmisan? "Real"da o'ynaysan deyapman, keyinroq qo'ng'iroq qilaman deysanmi?, deya dakki berdi. Shu payt men qo'ng'iroqni tugatdim", - deya Zamoranoning so'zlarini keltiradi AS.