"Real Madrid" markaziy himoyachisi Antonio Ryudiger bolaligidan ispan grandi safida o'ynashni orzu qilganini aytdi.
"Men doim "Real"da o'ynashni orzu qilardim, lekin bu orzumni amalga oshirishim xayolimga ham kelmagan.
Shunday ekan, asosiy maqsadim ligada o'ynash edi va bunga "Chelsi"dek muhim klubga o'tish orqali erishdim.
“Real Madrid”ga o'tish esa yillar davomida qilgan mashaqqatli mehnatim uchun mukofotdir", - deya Ryudigerning so'zlarini keltiradi Bayern & Germany.