Hujumchi Kilian Mbappe «PSJ»dan xayrlashishi imkon qadar og'riqsiz bo'lishiga harakat qilmoqda. Buning uchun u "Pari Sen-Jermen" muxlislar klubi bilan kelishuvga erishdi.
Mbappening jamoa bilan shartnomasi iyun oyi oxiriga qadar tuzilgan. 24 yoshli futbolchi kelishuvni uzaytirmaydi va "Real"ga o'tib ketadi. Bu haqda klub Nossir Al-Xelaifiy o'zining hamkasblariga ma'lum qilgan.
2022 yilda Mbappe "Real"ga o'tmoqchi bo'lganida "PSJ" muxlislari unga nisbatan yaxshi munosabatda bo'lmagandi. Bundan tashqari, ba'zi o'yinlarda «Park de Prens»da Lionel Messiga nisbatan hushtakbozlik qilishgandi.
"L'Equipe" tarqatgan xabarga ko'ra, Kilian jamoa bilan iliq xayrlashishni rejalashtirmoqda. Buning futbochli "Collectif Ultras Paris" fan-klubi bilan kelishuvga erishmoqchi. Muxlislar o'yinlar paytida Kilianga hushtakbozlik qilmasa bo'lgani. Hozircha Mbappe o'zining samarali o'yinlari orqali muxlislarda e'tiroz bildirishiga yo'l qo'ymayapti. U joriy mavsumda 31 o'yinda 32 gol urdi va 7 ta golga assistentlik qildi.