"Real Madrid" markaziy himoyachisi Eder Militao jamoa mashg'ulotlarini boshlashga tayyor. Relevo nashri xabariga ko'ra, braziliyalikning atrofidagilar futbolchining ahvoli yaxshi ekanini aniq aytishgan.
"Qirollik klubi" keyingi bosqich yo'llanmasini qo'lga kiritsa, Militaoning Chempionlar ligasining chorak finalida maydonga tushishi ehtimoli bor.
Eslatib o'tamiz, Militao yozda tizzasining xochli bo'g'imlaridan jarohat olgan va operatsiya qilingan edi. Shu boisdan ham Eder Ispaniya chempionatida hozircha faqat bitta o'yin o'tkaza oldi.