"Real Madrid"ning hujumkor yarim himoyachisi Jud Bellingem 2 mart kuni bo'lib o'tadigan "Valensiya"ga qarshi La Liganing 27-tur uchrashuvida maydonga tushishi mumkin. Bu haqda AS xabar bermoqda.
Bellingem 10 fevral kuni bo'lib o'tgan Ispaniya chempionati doirasidagi "Jirona"ga (4:0) qarshi o'yinda jarohat olgandi. Dastlab Madrid klubi 20 yoshli futbolchining 6 mart kuni bo'lib o'tadigan "Leyptsig" bilan Chempionlar ligasi 1/8 finali javob o'yinida tiklanishiga umid qilgandi. Ammo hozir angliyalik futbolchining reabilitatsiyasi kutilganidan ham yaxshi ketmoqda. U "Valensiya"ga qarshi o'yinda poytaxt klubiga qaytishi ehtimoli bor.