Istiqbolli yarim himoyachi Arda Gyuler "Real"dagi kelajagi haqida bir qarorga keldi. Insayder Matteo Morettoning ijtimoiy tarmoqlarda xabar berishicha, turkiyalik futbolchi “qirollik” klubida qoladi va jamoadan joy uchun kurashadi.
Arda o'tgan yozda "Fenerbaxche"dan ko'chib o'tgandi. Yarim himoyachining transferi Florentino Peresga 20 million evroga tushdi.
Tomonlar o'rtasidagi shartnoma 2029 yilning o'rtalariga qadar tuzilgan. 2023/2024 yilgi mavsumda Gyuler madridliklar safida bor yo'g'i uchta o'yin o'tkazdi.