Kataloniyaning "Barselona" klubi prezidenti Joan Laporta mavsum yakunida jamoani tark etadigan bosh murabbiy Xavi Ernandesni to'liq qo'llab-quvvatlashini bildirdi.
“Men Xavini to'liq qo'llab-quvvatlayman. Biz oxirigacha kurashamiz", - deya Laportaning so'zlarini keltiradi Managing Barca.
Ispaniya chempionatida jamoa turnir jadvalida peshqadamlik qilayotgan “Real”dan 8 ochkoga ortda qolmoqda.