Frantsiya terma jamoasining sobiq darvozaboni Ugo Loris Kilian Mbappening «PSJ»dan «Real»ga o'tishi haqidagi fikrlari bilan o'rtoqlashdi.
25 yoshli forvard parijliklar bilan muddati tugaydigan shartnomasini uzaytirmaslikka qaror qildi va mavsum oxirida u "Los-Blankos" futbolchisiga aylanadi.
"Katta ehtimol bilan Kilian dunyoning eng katta klubiga o'tadi. Unda hamma narsa bor: aql bovar qilmas aktyorlik, xarizma, shaxsiyat.
Biz hammamiz uning "Oltin to'p" va Chempionlar ligasini yutishini istaymiz", dedi futbolchi.