Londonning “Chelsi” klubi hujumchisi Nikolas Jekson frantsiyalik hujumchi Karim Benzemaning “Real”dagi o'yini haqida gapirdi.
"Ba'zida o'yinlarimni ko'rib chiqaman va yaxshiroq o'ynashim mumkinligini tushunaman. Yoshligimda "Real"da Benzemaga ergashganman. Karim ko'p imkoniyatlarni qo'ldan boy berdi, lekin keyin bilasizki, "Oltin to'p"ni qo'lga kiritdi. Ammo men hozir bir xil darajadaman, deb aytmoqchi emasman", - deydi senegallik.
Joriy mavsumda Jekson barcha turnirlarda 27 ta o'yin o'tkazib, 9 ta gol va 3 ta golli uzatmani amalga oshirdi.