Germaniya terma jamoasi bosh murabbiyi Yulian Nagelsmann "Real" yarim himoyachisi Toni Kroosning terma jamoaga qaytish qaroriga izoh berdi.
"Toni bizning jamoaga juda mos tushadi. U o'rta chiziqda bo'g'inga aylanadi. Uning tajribasi juda foydali bo'ladi. Biz u bilan ko'p marta gaplashdik. Har bir suhbatda men uning Evropa chempionatida o'ynashni xohlayotganini tobora ko'proq his qilardim", - deydi Germaniya bosh murabbiyi.
Eslatib o'tamiz, Kroos 2021 yilda Germaniya terma jamoasini tark etgan edi. Umuman olganda, yarim himoyachi "Bundestim" tarkibida 106 ta o'yin o'tkazib, 17 ta gol urgan.