Hozirda "Real"da ijarada o'ynayotgan "Chelsi" darvozaboni Kepa Arrizabalaga faoliyatini boshqa ispan klubida davom ettirishi mumkin. "Sevilya" futbolchiga qiziqmoqda.
Andalusiyaliklar yozgi transfer oynasida Kepa bilan shartnoma imzolamoqchi. Klub vakillari allaqachon Arrizabalaga agenti bilan muzokaraga kirishgan. Ispaniya chempionatining joriy mavsumida 29 yoshli futbolchi 12 ta o'yinda maydonga tushdi.
La Liganing 25-turidan keyin “Sevilya” 24 ochkoga ega va turnir jadvalida 15-o'rinda bormoqda.