Germaniya terma jamoasi va Madridning “Real” klubi himoyachisi Antonio Ryudiger Myunxenning “Bavariya” klubi bosh murabbiyi Tomas Tuxel haqida o'z fikrlari bilan o'rtoqlashdi.
“Faoliyatimda ko'plab yaxshi murabbiylar bo'lgan. Agar birini tanlashim kerak bo'lsa, men Tomas Tuxelni aytaman. Men u bilan yaxshi munosabatda bo'ldim. Uning ochiqligi menga yoqdi. Uning o'yinni taktik jihatdan tushunishi ham meni hayratda qoldirdi", - deydi Germaniya terma jamoasi himoyachisi.
Tuxel myunxenliklar jamoasini 2023 yilning martidan beri boshqarib kelmoqda. Uning qo'l ostida jamoa Germaniya chempioniga aylandi.