"Real" klubi La Liga 5-turidan o'rin olgan "Betis"ga qarshi o'yinda qo'pol xatoga yo'l qo'ydi.
O'yin tugashiga 20 daqiqa qolganda, bosh murabbiy Zayniddin Zidan ikki futbolchini maydonga tushirishga qaror qildi. Jarohatlangan Marselo o'rnini Vaskes egalladi, Modrich o'rniga Mayoral tushirildi. Biroq, qandaydir sababga ko'ra, Modrich maydonni tark etmadi. Natijada "Real" 12 futbolchi bo'lib qoldi.
Ammo bosh hakam Mateo Laos xatoni o'z vaqtida payqab, maydondagi futbolchilarni sanab chiqdi va Modrichga maydonni tark etish kerakligini aytdi. Bundan tashqari, Zidan bilan ehtirosga to'la suhbat o'tkazib, uni e'tiborli bo'lishga chaqirdi.
Eslatib o'tamiz, o'yin "Betis"ning 1:0 hisobidagi g'alabasi bilan tugadi.