Madridning "Real" klubi darvozaboni Tibo Kurtua joriy mavsum yakuniga qadar jarohatidan forig' bo'ladi. Belgiyalik darvozabon aprel oyida umumiy guruh bilan mashg'ulotlarga qaytishi avvalroq xabar qilingandi.
Relevo xabariga ko'ra, "Real" bosh murabbiyi Karlo Anchelotti Kurtuaga umid qilmoqda va mavsumning hal qiluvchi davrida asosiy darvozabonga aylanishini istamoqda.
25 turdan keyin “Real” Ispaniya chempionati turnir jadvalida peshqadamlik qilmoqda.