Yarim himoyachi Arda Gyuler yozda “Real”ni tark etishi mumkin.
Shu kunlarda 19 yoshga to'ladigan futbolchi o'yin amaliyoti uchun maqomi pastroq klubga ijaraga berilishi mumkin.
Biroq, TodoFichajes ta'kidlaganidek, hammasi Gyulerning o'z pozitsiyasiga bog'liq bo'ladi. Futbolchi uchun “Real”da o'ynashni davom ettirish ustuvor variant – Arda jamoa bosh murabbiyi Karlo Anchelottining qo'llab-quvvatlashini his qilmoqda.
Avvalroq Gyulerga "Malorka", "Las-Palmas" va "Real Sosedad" kabi klublar qiziqish bildirayotgani xabar qilingandi.