«Real» bosh murabbiyi Zayniddin Zidan hujumchi Krishtianu Ronalduning ruhiy holati haqida gapirdi.
Ispaniya chempionatidan o'rin olgan «Betis»ga (0:1) qarshi o'yindan so'ng, mutaxassisga Ronalduning tushkun kayfiyatda ekani va ruhiy holati yaxshi emasligi haqida savol berildi.
«Yo'q, unday emas. Ronalduning biz bilan birga ekanidan mamnunmiz, u ham jamoa tarkibiga kelib qo'shilganidan xursand», — dedi Zidan Marca xabarida.