38 yoshli yarim himoyachi Luka Modrich joriy mavsum oxirida "Real"ni tark etishi mumkin.
Xorvatiyalik futbolchi jamoaning asosiy tarkibidagi o'rnini yo'qotdi va uning shartnomasi iyun oyida tugaydi.
Todofichajes'ning xabar berishicha, Lukada faoliyatini Saudiya Arabistoni va MLSda davom ettirish imkoniyatlari bor.
Yarim himoyachi ko'proq AQShga ko'chib o'tishga moyil, u erda "Inter Mayami" unga uzoq vaqtdan beri qiziqish bildirmoqda.
Kelishuv 2023/2024 yilgi mavsum oxirida yakunlanishi mumkin.