Leverkuzenning "Bayer" klubi yarim himoyachisi Florian Virts faoliyatini Ispaniya chempionatida davom ettirishi mumkin.
Germaniyalik yarim himoyachi xizmatlariga "Real Madrid" qiziqish bildirmoqda. Bild xabariga ko'ra, Virtsning o'zi 2025 yilgacha "dorichilar"ni tark etishni rejalashtirmayapti.
U keyinchalik etuk futbolchi sifatida top-klubga o'tishi uchun tajriba orttirmoqchi. "Real" o'z navbatida Virtsni kelasi yili sotib olmoqchi, bu esa futbolchining rejalariga to'g'ri keladi.
Florianning transfer narxi 100 million evroga baholanmoqda. Yarim himoyachining "Bayer" bilan tuzgan mehnat shartnomasi 2027 yilning yozida yakuniga etadi.