Jud Bellingem jarohatidan kutilganidan ertaroq qaytishi mumkin.
Madridning “Real” klubi yarim himoyachisi 10 fevral kuni “Jirona”ga qarshi o'yinda to'pig'i og'ir jarohat olgan edi. U Chempionlar ligasining 1/8 finalida "Leyptsig" bilan bo'lib o'tadigan javob o'yinini o'tkazib yuborish xavfi borligi haqida xabar berilgan edi.
Jurnalist Mario Kortegananing so'zlariga ko'ra, Bellingem katta ehtimol bilan “Leyptsig” bilan o'yinga tiklanadi. Shuningdek, uning 2 mart kuni "Valensiya"ga qarshi o'yinda maydonga qaytish imkoniyati ham bor.
Qolaversa, yaqin kunlarda umumiy guruhga qaytishi kutilayotganiga qaramay, Antonio Ryudigerning yakshanba kungi “Sevilya”ga qarshi o'yinda ishtirok etishi so'roq ostida qolayotgani aytilmoqda.