"Real" hujumchisi Xoselu "Sevilya"ga qarshi o'yin oldidan jamoa mashg'ulotlarini o'tkazib yubordi. Bu haqda Madrid Xtra xabar bermoqda.
Manbaning qayd etishicha, jarohatlardan tiklanishda davom etayotgan Tibo Kurtua, Eder Militao, Antonio Ryudiger va Jud Bellingem bo'lajak o'yinni o'tkazib yuboradi.
Joriy mavsumda 33 yoshli Xoselu barcha turnirlarni hisobga olgan holda 35 ta uchrashuvda qatnashib, 13 ta gol urdi va 4 ta golli uzatmani amalga oshirdi.
25 fevral, yakshanba kuni Ispaniya chempionatining 26-turidan o'rin olgan “Real” va “Sevilya” uchrashuvi bo'lib o'tadi.