Tibo Kurtua mashg'ulotning bir qismini "Real Madrid"ning umumiy guruhida o'tkazdi.
O'tgan yilning avgust oyida belgiyalik darvozabon mashg'ulotlar vaqtida tizzasidan jarohat olgandi va operatsiya qilingan edi.
Marca nashri xabariga ko'ra, bugungi mashg'ulotda Kurtua umumiy guruh bilan to'pni nazorat qilish mashqlarida ishtirok etdi. Qayd etilishicha, uning tuzalishi haqidagi prognozlar o'zgarmagan — Tibo mart oyi oxiridan ertaroq maydonga qaytishi kutilmoqda.