"Barselona" bosh murabbiyi Xavi Ernandes Ispaniya chempionatining fevral oyidagi eng yaxshi murabbiyi nomiga nomzod bo'ldi.
Sovrin uchun Xavidan tashqari Kike Sanches Flores ("Sevilya") va Ernesto Valverde ("Atletik") kurash olib boradi.
Aytish joizki, bu oyda "Barselona", "Sevilya" va "Atletik" ikkita o'yinda g'alaba qozonib, bir marta durang o'ynagan.
Eslatib o'tamiz, avvalroq Kataloniya klubi ustozi kelasi yozda o'z lavozimini tark etishini ma'lum qilgandi.
O'tkazilgan 25 ta o'yin natijasiga ko'ra, "Real Madrid" Ispaniya La Ligasi turnir jadvalida peshqadamlik qilmoqda. "Jirona" ikkinchi o'rinda, "Barselona" esa kuchli uchlikni yakunlab turibdi.