"Sevilya" himoyachisi Serxio Ramos "Real Madrid"ning uy stadioni "Santyago Bernabeu"ga qaytishi haqidagi his-tuyg'ulari bilan o'rtoqlashdi.
Eslatib o'tamiz, ispaniyalik futbolchi 2005 yildan 2021 yilgacha "Los-Blankos"da o'ynagandi. "Men, albatta, o'zimni uydagidek his qilaman.
Men u erda ko'p yillarni o'tkazdim, faoliyatimning eng muhim damlarini boshdan kechirdim, odamlar, muxlislar va jamoadoshlarim haqida ajoyib xotiralar qoldi. Bu noyob lahza bo'ladi", - deya Ramosning so'zlaridan iqtibos keltiradi Madrid Xtra.