Madridning “Real” klubi yarim himoyachisi Jud Bellingemning safga qaytish sanasi ma'lum bo'ldi.
Diario AS xabariga ko'ra, 20 yoshli yarim himoyachi Chempionlar ligasi 1/8 finali doirasidagi "RB Leyptsig"ga qarshi javob o'yiniga qadar jarohatidan forig' bo'ladi.
Aytish joizki, Bellingem jamoalar o'rtasidagi ilk uchrashuvni o'tkazib yuborgan bo'lsa-da, “qaymoqranglilar” baribir mehmonda 1:0 hisobida g'alaba qozona olishdi.